Kevin Li: Xabib pul topishni maqsad qilib qo‘ygan
Aralash yakkakurashlar jangchisi Kevin Li UFC engil vazn toifasida chempion Xabib Nurmagomedovga qarshi jang qilishni xohlayotganini aytib o‘tdi.
- O‘ylashimcha, Xabibga qarshi ajoyib jang o‘tqazsam kerak. Kelajakda nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi, xozirda Konorning qarorini hamma kutmoqda. Xabib ham bir qancha vaqt dam olishni rejalashtirmoqda.
Men sentyabr oyida Rossiyada jang qilishni umid qilgandim, ammo Xabibning rejalari Nyu-Yorkda va noyabr oyida oktagonga chiqish. Pul topishni maqsad qilib qo‘yganini tushunaman va bu borada unga halal bermoqchimasman.
Bugungi kunga kelib hamma Konorning qaytishini istashmoqda, buning uchun MakGregorga qancha to‘lashlari meni qiziqtiryapti. Bilasizmi, men Xabib bilan jang qilishga tayyorman, Konorga beriladigan mablag‘ning bir qismi menga etarli. O‘ylashimcha, Nurmagomedov – Li jangi bo‘lib o‘tadi, - deya Kevin Lining so‘zlaridan iqtibos keltiradi SBNation nashri.
Ma’lumot uchun, bir necha kun oldin UFC 128 doirasida Edson Barbozani texnik nokaut bilan 5-raundda mag‘lub etdi.
Izohlar (0)