Klichko faoliyatini yakunlaganidan afsusda emas
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko faoliyatini yakunlaganidan xursand ekanligini ma’lum qildi. U shuningdek, hozirda eng yaxshi bokschi deya britaniyalik Entoni Joshua e’tirof etgan.
– Faoliyatimni yakunlaganimdan afsusda emasman, – deya Klichkoning so‘zlarini keltiradi TASS nashri. – Bu to‘g‘ri yo‘l. Bu hayotimdagi eng qiyin qarorlardan biri bo‘ldi. Biroq shunday qilganimdan xursandman.
– Ayni damda eng yaxshi bokschi kim? Hozirda Entoni Joshua birinchi raqamli bokschi, bu tushunarli. Ammo raqobat har doim bo‘ladi va shunday bo‘lib qoladi.
Eslatib o‘tamiz, Klichko so‘nggi janggini 29 aprel kuni "Uembli"da Entoni Joshuaga qarshi o‘tkazgan va 11-raundda texnik nokautga uchrab, WBA, IBF va IBO kamarlarini boy berdi.

Izohlar (0)