
“Korchnoi Open” turniri yakunlari
17 aprel kuni Tsyurix shaxrida mashxur shveytsariyalik grossmeystr Viktor Lvovich Korchnoy xotirasiga bag‘ishlangan turnirning ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. Musobaqaning birinchi bosqichi 12-16 – aprel kunlari bo‘lib o‘tgan edi. Bu bosqichda shaxmat ustalari xar bir partiyaga 10 daqiqa, yurish uchun qo‘shimcha 5 daqiqa vaqt chegarasi bilan bellashishdi. Har bir yutuqqa 1 balldan, durangga esa o‘z hisoblariga 0.5 balldan qayd etib borishdi.
2-bosqich natijasi quyidagicha:
1-o‘rin. X. Nakamura – 7 balldan 5 ball
2-o‘rin. V. Anand - 4,5
3-5-o‘rinlar. B. Gelfand, Ya. Nepomnyaщiy, P. Svidlerlar 4 balldan
6-o‘rin. V. Kramnik - 3
7-o‘rin. G. Oparin - 2,5
8-o‘rin. Ya. Pellete – 1
Shunday qilib Amerikalik shaxmat ustasi X. Nakamura 21 dan 15 ball yig‘ib, 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘rinni Rossiyalik Yan Nepomnyaщiy 14 ball to‘plab, 2-o‘rinni zabt etdi. 3-o‘rinni Vishvanatan Anand egalladi. Xindistonlik o‘z hisobiga 13 ballni yozib qo‘ydi.
“Korchnoi Open” mukofotini 7 dan 5.5 ball yig‘gan Ozarbayjonlik Eltaj Safarali yutib ketdi.
Fikrlar