Kuper Misrdagi xatosidan saboq chiqardimi?

Bugun mazkur uchrashuv oldidan har ikkala jamoa vakillari ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper bo‘lajak uchrashuvda asosiy tarkib futbolchilariga dam olish imkonini bermoqchi ekanligini aytib o‘tdi.

"Albatta, ertaga g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Ammo ba’zi futbolchilarga dam berish rejamiz ham bor. Chunki biz pley-off haqida ham o‘ylashimiz kerak. Misr terma jamoasini boshqarganimda, Afrika Kubogida jamoa yaxshi o‘ynagan paytda tarkibdagi futbolchilarga dam bermagandim. Keyin o‘sha futbolchilarda charchoq alomatlari sezildi. O‘sha tajribamdan kelib chiqib, ertaga tarkibda ba’zi o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Qaysi futbolchilarga dam berish borasida bugungi mashg‘ulotdan keyin bir to‘xtamga kelamiz.

Tarkibda o‘zgarishlar bo‘lishi Yaponiyaga qarshi o‘yinda bizga natijaning ahamiyati yo‘q degani emas. Albatta, biz uch ochkoni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. Guruhni yuz foizlik natija bilan tugatish niyatimiz bor. Bir narsani tushunishingizni istardim. Pley-offda kuchsiz raqib bo‘lmaydi. Har qanday raqibga qarshi o‘ynashga tayyor bo‘lishi kerak. Biz bosh sovrinni qo‘lga kiritish maqsadida ushbu turnirga kelganmiz. Shunday ekan, har qanday raqib bilan o‘ynashga tayyormiz.", - dedi argentinalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
16/01/2019 18:54
Галаба керак эмас дегани. Лекин Куперни танловини кабул килишимиз керак.