Kurash: Shermuhammad Jandreev ham finalda
Final bosqichining barcha ishtirokchilari nomi aniq.
Osiyo o‘yinlarining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan kurash bahslarining erkaklar o‘rtasidagi final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan yana bir polvon nomiga aniqlik kiritildi.
-90 kg vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasidagi yarim final bosqichida hamyurtimiz Shermuhammad Jandreev quvaytlik Husayn Misriga qarshi gilamga ko‘tarildi. Qiziqarli kechgan bahsda hamyurtimizning qo‘li baland keldi.
Qayd etish lozim, oldinroq o‘tkazilgan bahsda Yahyo Imomovning qo‘li baland kelgan edi.

Izohlar (0)