Kurashchi qizlarimizga omad tilaymiz

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Ruminiya poytaxtida sport kurashlari bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. 

Bugun musobaqa doirasida grek-rim kurashi bo‘yicha final bahslari qatori ayollar kurashi bo‘yicha ham saralash bellashuvlari boshlab yuborildi. Kichik jahon chempionatida qizlarimizdan -50 kg: Aktenge Keunimjaeva, -55 kg: Shahodat Djullibaeva, -57 kg: Amina Alimbetova, -62 kg: Sohibjamol Aleuatdinova, -65 kg: Bahtigul Baltaniyazova va -72 kg vazn toifasida Shahribonu Ellieva yurtimiz sharafini himoya qilishadi. 

Klassik kurash ustalaridan Islom Bahromov (-60 kg) o‘z vazn toifasida bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu yo‘lda vakilimiz turkiyalik Kerim Kamol billan bel olishadi. Afsuski, xuddi shu bosqichda To‘rabek Tirkashev musobaqa mezbonlaridan biriga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!