Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Kurashchilarimizdan medallar shodasi

Izohlar: 0
Boku shahrida erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘smirlar va kadetlar o‘rtasida Ozarbayjon sport kurashlari federatsiyasi kubogi an’anaviy xalqaro turnirining navbatdagi kuni yosh polvonlarimiz yana medallar shodasiga sazovor bo‘ldi.

Mezbonlardan tashqari Tojikiston, Ukraina, O‘zbekiston, Latviya, Rossiya, Turkiya, Eron, Gruziya, Qozog‘iston va Belarus davlatidan sportchilar g‘oliblik uchun kuch sinashayotgan nufuzli musobaqaning kadetlar o‘rtasidagi erkin kurash bahslarida 115 nafar kurashchi gilamga chiqdi.

Yosh polvonlarimiz Boku shohsupasida

Sport kurashlari bo‘yicha terma jamoamiz Ozarbayjondagi xalqaro turnirda qatnashadi

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Arslon Rahimov, Farrux Zaripov, Muhammadrasul Rahimov o‘z vazn toifasida finalda ishtirok etib, kumush medalga ega bo‘ldi.

Bellashuvlarda o‘z iste’dodini nmoyish etgan erkin kurashchilarimizdan Umidjon Jalolov bronza medalga loyiq topildi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q