“Lokomotiv” stadioni hududida namoz o‘qish uchun joy tayyorlandi

  • 10 may, 2018, 14:14
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yurtimizda Islom dinini yoshlarga etkazish, uni to‘g‘ri tashviqot qilish yo‘lida ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. “boshqa davlatlarda Islom dinini o‘ziga niqob qilib, boshqa yo‘llarga yurayotgan bolalar, shu terrorizm, diniy aqidaparastlik kabi narsalar bizga yot bo‘lishi kerak”, deb aytgan muxtaram prezidentimiz.

Tecno

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev BMT minbaridagi nutqida butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini etkazishni O‘zbekiston eng muhim vazifasi deb hisoblashini ham aytgan edi.

Bir necha kundan so‘ng Islom dinining muborak Ramazon oyi kirib kelmoqda. Shu munosabat bilan “Lokomotiv” stadioniga tashrif buyurgan futbol muxlislari 4 sektor oldidan alohida ajratilgan joyda namoz ibodatlarini bajarishlari va namoz tahoratini olish xonalari tashkil etiladi.


Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” – “Buxoro” uchrashuviga kirish tekin. Chiptalar “Lokomotiv” stadioni kassalarida tarqatiladi. O‘yin 11 may kuni soat 20:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!