Lukaku Konteni aldab, MYuga o‘tgani ma’lum bo‘ldi

  • 8 iyul, 2017, 22:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Antonio Konte “Everton”dan MYuga o‘tib ketgani uchun Romelu Lukakudan hafa.

Tecno

The Times nashrining ma’lum qilishicha, muzokaralar davrida italiyalik mutaxassis Lukaku bilan shaxsan bir necha marta uchrashgan. O‘z navbatida belgiyalik futbolchi ham “Chelsi”ga o‘tishiga Konteni ishontirgan.

Aytish kerakki, Lukaku transferining amalga oshmay qolishiga asosiy sabab sifatida “Chelsi” futbolchining agenti Mino Rayolaga etarli kompensatsiya pulini to‘lamaganligi tilga olinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Lukakuning "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tishi premer-liga tarixidagi eng qimmat transfer bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!