Lyusen Favr barchani hayron qoldirishda davom etmoqda

  • 11.11.2018 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor Dortmundning "Borussiya" klubi kecha o‘z maydonida "Bavariya"ni (3:2)  mag‘lubiyatga uchratdi.

Dortmundliklarga g‘alaba keltirgan golni 59-daqiqada zaxiradan maydonga tushirilgan hujumchi Pako Alkaser kiritdi. E’tiborlisi, joriy mavsum “Borussiya”ning 18ta goliga aynan zaxiradan uchrashuvga qo‘shilgan futbolchilar mualliflik qilishdi.

OptaFranz nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Borussiya” Dortmund bu ko‘rsatgich borasida Evropaning top-5 chempionatlarida joriy mavsum etakchilik qilmoqda. Ular bu borada o‘zlarining eng yaqin ta’qibchilarini naqd 10ta golga ortda qoldirishmoqda. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Lyusen Favr ayni damda eng topag‘on murabbiy hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!