Madrid derbisining 5 "gvardiyachisi"

  • 19 noyabr, 2016, 20:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun tunda "Atletiko" va "Real" jamoalari o‘rtasida Madrid derbisi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan biz ushbu derbi tarixidagi eng ko‘p maydonga tushgan 5 futbolchi haqida ma’lumot berib o‘tishni joiz deb topdik.

Tecno

5. Adelardo Rodriges. 35 o‘yin - 8 gol

Rodriges "Atletiko" libosida "Real"ga qarshi eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi hisoblanadi. Adelardo chempionatda 27, kubokda 8 marta Madrid derbisida ishtirok etgan. Yarim himoyachi "matraschilar" libosida 1959-1976 yillar mobaynida 3 marta La liga chempionligini qo‘lga kiritgan.

4. Michel Gonsales. 36 o‘yin - 4 gol

Gonsales "Real" tarkibida 1981-1996 yillar davomida 558 o‘yin o‘tkazgan. Michel ana shu bahslarning 35 tasini "Atletiko"ga qarshi o‘tkazgan. Hujumkor yarim himoyachi La ligada 23, kubokda 11 va liga kubokda 2 ta o‘yin o‘tkazgan.

3. Karlos Santilyana. 36 o‘yin - 15 gol

1971-1988 yillarda "Real" uchun 845 uchrashuvda maydonga tushgan Santilyana "Atletiko" bilan to‘qnashuvlarning 36 tasida ishtirok etgan. Karlos chempionatda 27, kubokda 7 va liga kubokda 1 marta "Real" va "Atletiko" o‘yinida maydonda harakat qilgan.

2. Manola Sanchis. 42 o‘yin - 1 gol

1983 yildan 2001 yilga qadar "Qirollik klubi" sharafini 710 o‘yinda himoya qilgan futbolchi Sanchisdir. Manola "Derbi madrilèno"da 42 marta to‘p surgan. Sanchis chempionatda 27, kubokda 11 va liga kubokda 4 bora "Atletiko" bilan o‘yinlarda maydonda ko‘rinish bergan.

1. Pako Xento. 42 o‘yin - 10 gol

Xento "Real"da 1953-1971 yillarda to‘p surdi. U ana shu davr mobaynida "blankos" libosini 601 marta kiyib maydonga tushdi. Shularning 42 tasi "Atletiko" bilan bellashuvlarga to‘g‘ri keladi. Pako 29 marta chempionatda, 10 bora kubokda va 3 marta Chempionlar kubogi doirasidagi o‘yinlarda "matrsachilar"ga qarshi to‘p surgan.

 

Furqat Yusupov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!