Asosiy mazmunga oʻtish
Yakkakurashlar

Makgregorni Muhammad Ali va Taysonga qiyoslashdi

Shahobiddin
Izohlar: 0

Konor 6 oktyabr kuni u Las-Vegasda Xabib Nurmagomedov bilan kuch sinashadi

UFC prezidenti Dena Uayt sobiq chempion Konor Makgregorni super og‘ir vazn toifasida boks sobiq jahon chempionlari Muhammad Ali va Mayk Taysonga qiyosladi.

Uning fikricha, irlandiyalik sportchi bilan ilk tanishgan vaqtdan buyon uning bo‘lajak yulduz bo‘lishiga shubha qilmagan.

– U mening Muhammad Alim va mening Mayk Taysonim. U birga tushlik qilgan vaqtimizdan keyin bizning dunyomizni o‘zgartirib yubordi. O‘shanda uning yulduz bo‘lishiga ishongandim. Men uning urusha olish-olmasligi, chempion bo‘lish-bo‘lmasligini bilmasdim, ammo yulduz bo‘lishini bilgandim, – deya Uaytning so‘zlarini keltiradi The Irish Sun nashri.

Konor Makgregor UFCda 2016 yildan beri jang o‘tkazmayapti. 6 oktyabr kuni u Las-Vegasda UFC 229 turnirida chempion Xabib Nurmagomedov bilan kuch sinashadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q