"Manchester Yunayted" ham Remzi uchun kurashga qo‘shildi

  • 20.08.2018 14:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi xavbeki Aaron Remzi uchun yana bir da’vogar paydo bo‘ldi.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli uelslik futbolchi endi "Manchester Yunayted"ning qiziqishlariga sabab bo‘la boshlagan. Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq uni Londonning boshqa bir jamoasi – “Chelsi” ham o‘z safida ko‘rmoqchi ekanligi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Ta’kidlash kerakki, 2019 yilda shartnmoasi yakunlanadigan Remzi hamon “kanonirlar” bilan shartnomasini uzaytirish borasida kelisha olmayapti. APL grandlari esa ushbu holatdan foydalanib qolishmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!