Maradona Meksikaning quyi divizion jamoasini boshqarishi mumkin
Argentinalik futbol afsonasi Diego Maradona yaqin kunlar ichida Meksikaning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi “Dorados” klubini boshqarishi mumkin.
“Umid qilamanki u bu ishni qiladi. Ertaga Maradona “Dorados” bosh murabbiyi sifatida e’lon qilinishi mumkin. Bu uning yana bosh murabbiy bo‘lishi uchun yaxshi imkoniyat”, - TyC Sports muhbiri Martin Arevalo o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 57 yoshli mutaxassis ayni damda Brestning “Dinamo” klubi boshqaruv kengashi raisi hisoblanadi.
Fikrlar