
“Mario Gyottse asosiy tarkib uchun kurashishi kerak”
Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Lyusen Favr jamoa yarim himoyachisi Mario Gyottsening asosiy tarkib uchun kurashishi kerakligini aytdi.
“Menimcha barchasi biz foydalanadigan sxemaga bog‘liq bo‘ladi. Avval aytganimdek, eng yaxshi tarkib va sxemani aniqlash uchun vaqt kerak bo‘ladi. Mario 4-3-3 sxemasida markaziy yarim himoya ampluasida o‘ynay oladi, ammo mazkur pozitsiyada o‘ynaydigan boshqa futbolchilarimiz ham bor.
Mazkur pozitsiyada o‘ynash uchun kuchli jismoniy tayyorgarlik va harakat zarur. Gyottse asosiy tarkibda maydonga tushishi uchun kurashishi lozim bo‘ladi”, – dedi Lyusen Favr.
Mario Gyottse joriy mavsumda faqatgina Germaniya Kubogi uchrashuvida maydonga tushdi. “Groyter Fyurt” klubiga qarshi kechgan bahsda u 64-daqiqada zaxiraga olindi.
Fikrlar