Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Mariya Sharapovani sudga berishdi

Izohlar: 0

Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova hamda qurilish kompaniyasi Homesteadni hindistonlik Agarval Bavana sudga berdi.

Gap shundaki, Mariya Homestead tomonidan Hindistonda qurilishi kerak bo‘lgan turar-joy binosini reklama qilgan.

Homestead-Ballet-By-Sharapova-banner

Shu bois, 44 yoshli Agarval sudga bergan arizasida “Mariya Sharapova Homesteadning yangi binosini tez orada quriladi va bu erda barcha sharoitlar muhayyo bo‘ladi deb bizni aldadi. Ular bizga nisbatan fitna uyushtirdi.”  deb yozadi.

Hindistonlik jurnalistlarning bergan ma’lumotiga ko‘ra A.Bavana 2013 yili binoning qurilish loyihasiga investitsiya kiritgan. Ammo hozirgi kunga qadar na bino qurilgan, na pul ayolga qatarilgan. Hindiston sudi bu ish bo‘yicha tergov olib borish haqida qaror qabul qilgan.

Ma’lumot uchun Mariya Sharapova Homestead kompaniyasi bilan 2012 yildan beri hamkorlik qiladi.

Sports.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q