Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Mayk Tayson: Klichko eng yaxshi bokschilar TOP-10ga kiradi

Izohlar: 0

Super og‘ir vazn toifasining sobiq mutloq jahon chempioni Mayk Tayson yaqinda professional faoliyatini yakunlagan ukrainalik Vladimir Klichkoni barcha davrlarning eng yaxshi top-10 bokschilari ro‘yxatiga kiritgan.

– Har qanday holatda u barcha davrlarning eng yaxshi bokschilari TOP-10dan o‘rin oladi. U o‘zida chempionlik kamarlarini saqlab turish bo‘yicha Jo Luis o‘rnatgan rekordni yangiladi. Odamlar super og‘ir vaznda “oq chempion” (oq tanli – SPORTS.uz)ning buncha vaqt o‘zida saqlab kelishiga ishonishmagan edi, – deydi Tayson Sport1 nashriga.

– Bizning o‘rtamizda yaxshi jang bo‘lgan bo‘lardi. O‘ylaymanki, shu jang tashkil qilinganda men uni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etgan bo‘lar edim.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q