Menni Pakyao: Meyvezer Makgregorga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi
Yarim o‘rta vazn toifasining WBO chempionlik kamari sohibi Menni Pakyaoning aralash yakkakurashlar bo‘yicha jahon chempioni Konor Makgregor va sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer bilan bo‘ladigan jang haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Makgregorga raqibi bu jangda imkoniyat bermaydi.
– Makgregorda Meyvezer bilan bo‘ladigan jangda hech qanday imkoniyat bo‘lmaydi, – deya Pakyaoning so‘zlarini keltiradi Thescore nashri. – Umuman olganda bu jang juda kulguli. Boks bo‘yicha eng zo‘r jang Golovkin va Alvares o‘rtasida bo‘lishi tabiiy. Engg kuchlilar eng kuchlilar bilan uchrashadi. Shuning uchun men ushbu jangni intizorlik bilan kutaman.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor va Meyvezer o‘rtasidagi jang 16 sentyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar