
"Milan" futbolchisi faoliyatini Turkiyada davom ettiradi
Turkiyaning "Beshiktosh" klubi "Milan" yarim himoyachisi Alen Xalilovichni o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra istanbulliklar 22 yoshli xorvatiyalik futbolchi bilan deyarli kelishuvga erishishgan. Futbolchining agenti ayni damda muzokaralarni yakunlash uchun Turkiya poytaxtida bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, Xalilovich “Milan” safiga 2018 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan 6 oy davomida “rossonerilar” safida bor yo‘g‘i 3ta o‘yinda ishtirok etdi. Uning transferi esa 2 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar