Asosiy mazmunga oʻtish

Qishgi sport turlari

Mishaning JChdagi birinchi chiqishi ko‘ngildagidek chiqdi

Nurali
Izohlar: 0

Figurali uchish bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida ilk dastur o‘z yakuniga etdi. An’anaga muvofiq, ishtirokchilar dastlab o‘zlari tayyorlab kelgan qisqa dasturni namoyish etdilar. 

Oltinchi guruhda chiqish qilgan hamyurtimiz Misha Ge o‘z chiqishi bilan muxlislar va hakamlarda iliq taassurot qoldira oldi. Vakilimizning chiqishi 86,01 ball bilan baholandi. Bu esa qisqa dasturdan so‘ng sakkizinchi ko‘rsatkich bo‘lib turibdi. Erkin dastur bo‘yicha bahslar ertaga bo‘lib o‘tadi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q