"Monako"ning rossiyalik futbolchisi yana jarohat oldi

  • 23 yanvar, 2019, 11:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Monako" klubi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin kecha Frantsiya kubogining "Metts"ga (1:3) qarshi bahsda jarohat oldi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 22 yoshli rossiyalik futbolchi sonidan jarohatlangan. Hozircha uning qachon safga qaytishi ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Golovinning sog‘ayib safga qaytganiga o‘zi uncha ko‘p vaqt bo‘lmagan edi. U joriy mavsum “Monako” safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 2ta goliga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!