Murat jahon chempioni kamarini tortib oldi
Moskvada o‘tkazilgan professional boks kechasida IBF va WBA Super chempionlik kamarlari sohibi Denis Lebedev raqibi Murat Gassievga qarshi ringga chiqdi.
Rossiyalik bokschilarning o‘zaro jangi IBF chempionlik kamari uchun bo‘ldi. Jahon chempioni Denis Lebedev tajribasi tayangan holda dastlabki raundlardan hujumga zo‘r berdi. Uchinchi raundan boshlab o‘zini o‘nglab olgan Murat Gassiev beshinchi raundda raqibining jigar qismiga kuchli zarba yo‘llab, Denisni nokdaunga tushirdi.
Qolgan raundlarda har ikki bokschi ko‘proq zarba berishga harakat qildi. 12 raund davom etgan bellashuvda zarbalar hisob-kitobi bilan shug‘ullangan hakamlardan ikki nafari 116-112 hisobida Murat Gassiev, bittasi 114:113 hisobida Denis Lebedev g‘alaba qozonganini ko‘rsatdi.
Ikki hakam bahosiga tayanib, jang g‘olibi Murat Gassiev bo‘ldi va IBF yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni kamarini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar