Muriloning "Barselona" bilan tuzilgan shartnomasiga qizi "imzo chekdi" (video)

  • 27.12.2018 19:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Valensiya” himoyachisi Jeyson Muriloning bugun bo‘lib o‘tgan rasmiy tanishtiruv marosimida qiziq holat sodir bo‘ldi.

Shartnoma imzolanayotgan paytda stol atrofida kolumbiyalik futbolchi va kataloniyaliklar prezidenti Jozep Bartomeu bor edi. Shu payt futbolchining kichkina qizchasi otasining oldiga borib uning qo‘lidan ruchkani tortib oldi va shartnomaga o‘z “dastxati”ni qo‘yib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Muriloni mavsum yakuniga qadar ijara oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!