Asosiy mazmunga oʻtish
Yakkakurashlar

Murod Xonturaev raqibini muddatidan oldin mag‘lub qildi

Izohlar: 0

Aralash janglar ustasi Murod Xonturaev o‘zining navbatdagi jangini kecha Qozog‘istonning Karaganda shahrida AFCA chempionligi uchun o‘tkazdi.

Mazkur qarama-qarshilikda Xonturaevga ukrainalik Yuriy Gorbenko raqiblik qildi. Tajribali raqibga qarshi kechgan bellashuvda Xonturaev raqibini muddatidan oldin nokautga uchratishning uddasidan chiqdi va jang g‘olibiga aylandi.

Ukrainalik sportchi faoliyati davomida 53 ta professional jang o‘tkazib, shulardan atigi 11 tasida g‘alaba nashidasini surgan.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz bundan oldingi jangini 22 noyabr kuni Bishkekda “WEF GLOBAL 10” turniri doirasida o‘tkazgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q