
Nadal Brisbenda o‘ynay olmaydi
Ispaniyalik mashhur tennischi Rafael Nadal son qismidagi mushaklarini jarohatlab olishi natijasida Avstraliyaning Brisben shahridagi turnirni tark etishga qaror qildi.
U musobaqaning ikkinchi davrasida frantsiyadik Jo Vilfrid-Tsongaga qarshi kortga chiqishi kerak edi. Endi uning o‘rnini yaponiyalik Taro Deniel egallaydigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik raketka ustasi AQSh ochiq chempionati yarim finalida Xuan-Martin Del Potro bilan kechgan uchrashuvni tizzasidagi jarohat bois davom ettira olmagan edi.
Fikrlar