
Neymar: JCh-2018dagi muvaffaqiyatsizlikni unuta olmayapman
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar hali ham JCh-208dagi muvaffaqiyatsizlikni hazm qila olmayotganini aytdi.
“Men hali ham qo‘ldan boy berilgan imkoniyatni unuta olmayapman va yutishni xohlagan jahon chempionati haqida o‘ylayapman. Men ushbu musobaqaga jarohatimdan davolanib bordim. Ammo, bu etarli bo‘lmadi. Endi keyingi yillarni Qatardagi mundialga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlayman”, - deydi Neymar.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi JCh-2018da chorak finalda Belgiyaga imkoniyatni boy berib musobaqa bilan xayrlashgan edi.
Fikrlar