
Neymar PSJdagi ilk o‘yinidayoq gol kiritdi
Bundan bir necha daqiqa ilgari Frantsiya chempionati 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Gengam” – PSJ bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
Unda mehmonlar safarda 3 ta to‘p javobsiz kiritib, yirik hisobdagi g‘alabaga erishdilar.
E’tiborlisi, PSJning 3-goli 222 mln evro evaziga “Barselona”dans sotib olingan Neymar kiritdi. Bu uning jamoasi safidagi ilk bahsidagi debyut goli bo‘ldi.
Frantsiya chempionati
Gengam – PSJ 0:3 (0:0, 0:3)
Gollar: 0:1 – 52, avtogol Ikoko, 0:2 – 62 Kavani, 0:3 – 82 Neymar.
Gengam – Yunsson, Ikoko, Kerbra, Sorbon, Reboshu, Do, Dido (Tyuram, 79), Kamara (Firi, 71), Salibur, Koko (Blas, 80), Brian.
PSJ – Areolya, Dani Alves, Markinos, Tiago Silva, Kurzava, Verratti (Pastore, 80), Motta, Rabo (Matyuidi, 87), Di Mariya, Kavani, Neymar.
Ogohlantirishlar: Ikoko (11), Motta (32), Verratti (67), Do (77).
Fikrlar