Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Nigina Abduraimovaning zarbalariga raqibi dosh bera olmadi

Zohir2018
Izohlar: 0
Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi - ITF tomonidan sovrin jamg‘armasi 15.000 AQSh dollari bo‘lgan "Shymkent Open - 2018" turnirining birinchi davrasida Nigina Abduraimova g‘alaba qozondi.
Ushbu  davrada Nigina qozog‘istonlik Aleksandra Grinchishinaga qarshi kortga chiqdi. Birinchi setda 3:6 hisobida imkoniyatni boy bergan tennischimiz ikkinchi setda 7:5 hisobida zafar quchdi. O‘yinning uchinchi setida Nigina 5:1 hisobida oldinda borayotgan edi. Mazkur vaziyatni o‘nglashga ko‘zi etmagan Aleksandra o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi va mag‘lubiyatini tan oldi.
Shu tariqa Nigina Abduraimova ikkinchi davrada Yasmina Karimjonova (O‘zbekiston) va Margarita Lazareva (Rossiya) uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q