Novak Jokovich Londonda g‘alaba qozonmoqda
Zohir2018
Novak Jokovichga gap yo‘q
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi serbiyalik tennischi Novak Jokovich ATP yakuniy turnirning guruh bahsida g‘alaba qozondi.
Novak mazkur uchrashuvda amerikalik Jon Isnerga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:4, 6:3 hisobida zafar quchdi. Ushbu bahsdan so‘ng ular o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlar hisobi 9:2 ko‘rinishini oldi. Oldinda Jokovich.
Shu tariqa, Novak guruhda germaniyalik Aleksandr Zverev bilan birinchi pog‘onani bo‘lishib oladigan bo‘ldi.

Izohlar (0)