Novak Jokovich ilk bosqichdan o‘tdi
Zohir2018
Novak Jokovich tez orada yana birinchi raqamli tennischiga aylanadi
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Tsintsinnati shahri mezbonlik qilayotgan "Masters" turnirida birinchi davradagi to‘siqdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Novak ushbu bosqichda amerikalik Stiva Jonsonni dastlabki setda 6:4 hisobida enggan bo‘lsa, ikkinchi setda tay-brekda zafar quchdi.
Endi "Western & Southern Open" turnirining ikkinchi davrasida Jokovich frantsiyalik Adrian Mannarinoga qarshi kortga chiqadi.

Izohlar (0)