Noyer: Qarshi xujumda raqibimiz yaxshi harakat qildi

Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Noyer Bundesliganing 11-turi doirasida "Borussiya D"ga 2:3 hisobi bilan mag‘lub bo‘lganliklari haqida o‘z fikrini bildirdi.

- Yaxshi o‘yin namoish etib, hisobda oldinga chiqib olib birinchi bo‘limni yakunladik. Dortmund qarshi xujumlarda yaxshi harakat qilib 5-6ta keskin vaziyatlar yaratdi va 3ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Biz raqibimizning kuchi qarshi xujumda ekanligini bila turib ularga bunday vaziyatlarni yaratishga imkoniyat berdik, - dedi Noyer.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!