
Oksana Chusovitina Xalqaro Gimnastika shon-shuhrati zaliga kiritildi
O‘zbekistonlik mashhur gimnastikachi Oksana Chusovitina Xalqaro gimnastika shon-shuhrati (IGHOF) zalidan o‘rin egalladi . Zal rasmiy saytining xabar tarqatishicha, ushbu voqea AQShning Oklaxoma shahrida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan marosim vaqtida bo‘lib o‘tgan.
Xususan, ushbu zaldan hamyurtimiz bu yil bilan birgalikda Olimpiada–1976 g‘olibi yaponiyalik Sun Fudzimoto, Rossiya vakili 4 karra olimpiya o‘yinlari chempioni Aleksey Nemov va amerikalik Alisiya Sakramonelar o‘rin olishdi.
Oldinroq, faoliyati davomida 7 ta olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan holda, Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan vakilamiz, Xalqaro gimnastika shon-shuhrati muzeyiga kiritilgan va hamon faoliyatini davom ettirayotgan dunyodagi yagona sportchi hisoblanadi.
Qayd etish lozim, IGHOF tashkil topgan 1987 yildan buyon so‘nggi 20 yil davomida ushbu zalga dunyoning 22 mamlakati sharafini himoya qiluvchi 91 nafar sportchi kiritilgan.
Fikrlar