
Olimpiada chempioni 24 yoshida faoliyatini yakunladi
Frantsiyalik 24 yoshli suzuvchi Yannik Anel sportchilik faoliyatini yakunladi.
London olimpiadasida 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchi bu qarorini biroz oldinroq ommaga ma’lum qilgandi.
– Rio-2016 vaqtida narigi ufqqa suzishimga to‘g‘ri keladi deb aytgandim. Nihoyat, shu vaqt keldi. O‘z yurtim sharafini himoya qilish men uchun katta sharaf bo‘ldi, – deydi sportchi o‘zining Feysbukdagi sahifasida.
Qayd etish joiz, frantsiyalik sportchi 2013 yilda Barselonada o‘tkazilgan Jahon chempionatida ham ikki marotaba oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar