Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Oqgul 3 yil ichida ilk bor turnir g‘olibi bo‘ldi

Izohlar: 0

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Rossiya poytaxti Moskva shahrida ITF taqvimidan o‘rin olgan “Moskow Open” turniri davom etmoqda.

Sovrin jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning yakkalik bahslarida omadi kelmagan Oqgul Omonmurodova, juftlik bahslarida sherigi Valentina Ivanenko bilan muvaffaqiyatga erishdi.

Mazkur turnir finaliga etib kelgan Oqgul/Valentina juftligi bosh sovrin uchun o‘tkazilgan o‘yinda belaruslik Ilona Kremen/Irina Shimanovich juftligiga qarshi bahs yuritdi.

1 soat 17 daqiqa davom etgan uchrashuvda Oqgul va uning sherigi 6:4, 6:2 hisoblarida g‘alabaga erishdi xamda turnirning juftlik bahslarida g‘alaba qozonishdi.

Qayd etish joiz, 33 yoshli Oqgul so‘nggi bor Buxoroda o‘tgan turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi. Demak, bu hamyurtimizning 3 yil ichida qo‘lga kiritgan ilk sovrini bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q