Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

O‘zbek bokschilari Qozog‘istonda g‘alaba qozonmoqda

Izohlar: 0

Qozog‘istonda boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida davom etayotgan nufuzli xalqaro turnirda o‘nga yaqin davlatdan iste’dodli bokschilar g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik yosh bokschilar o‘z g‘alabalari bilan muxlisu mutaxassislarni xushnud etmoqda.

Vazni 56 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida hamyurtimiz Zoirjon Jumanazarov qozog‘istonlik bokschilar - Abay Turaliev, Margulan Ramazonni katta ustunlik bilan mag‘lub etib, yarim finalga yo‘llanma oldi.

64 kilogramm vazn toifasida ringga chiqayotgan Asadbek Shodiboev mezbon bokschilardan Birjan Bukeyxonov hamda Murat Turmanbetov ustidan zafar quchib, final yo‘llanmasi uchun jang qiladigan bo‘ldi.

Og‘ir vaznli bokschilar bahsida qatnashayotgan iste’dodli sportchimiz Jamshidbek Muhammadaliev qozog‘istonlik raqibi Botirxon O‘razbekovdan 3:0 hisobida ustun kelib, yarim finalga chiqdi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q