O‘zbek bokschisi Rossiyada shohsupaga ko‘tarildi
Rossiyada boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda mezbonlardan tashqari, O‘zbekiston, Tojikiston, Germaniya, Ukraina, Belarus, Mo‘g‘uliston, Latviya, Moldovadan kelgan bokschilar g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Musobaqada eng og‘ir - vazni 91 kilogrammdan og‘ir bokschilar musobaqasida ishtirok etgan hamyurtimiz Ibrohim Normatov yarim finalgacha janglarni g‘alaba bilan yakunlab, bronza medal bilan taqdirlandi.
Musobaqa oltin medallari, Rossiya, Germaniya va Ukraina bokschilariga nasib etdi.

Izohlar (0)