O‘zbek karate ustasi barcha raqiblarini "er tishlatdi"
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilgan nufuzli xalqaro turnir yakunlandi.
Ushbu musobaqada Osiyoning o‘n etti mamlakatidan eng kuchli karate ustalari g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Xalqaro turnirda 67 kilogramm vazn toifasida qatnashgan o‘zbek karatechisi Sarvar Murodullaev Indoneziya, Xitoy, Eron va Malayziya vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Izohlar (0)