O‘zbek muaytaychisi tajribali raqibini qiynadi
Tailandda professional muaytay bo‘yicha o‘tkazilgan turnirda o‘zbekistonlik yosh sportchsi Ziyodillo Qurbonov navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Bu gal iste’dodli muaytaychimiz tailandlik tajribali jang ustasi Faxkunpol Langzprojon bilan kuch sinashdi. Uch raund davomida keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvda kuchlar teng keldi va durang natidja qayd etildi.
19 yoshli Ziyodillo Qurbonov Namangan viloyatining Chortoq tumanidan. Tajribali murabbiy Husniddin Obidov qo‘l ostida muaytay bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Bir yildan buyon professionallar o‘rtasidagi musobaqalarda qatnashayotgan hamyurtimiz Xitoy, Singapur, Latviya, Rossiya va Tailanddagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilgan.
Ziyodillo hozirga qadar 26 ta jang o‘tkazib, shulardan 19 tasida g‘alaba qozongan, to‘rttasida durang natija qayd etgan va ikkita uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan.

Ziyodillo Qurbonov o‘z oldiga "THAI FIGHT" chempionlik kamarini qo‘lga kiritish vazifasini qo‘ygan.

Fikrlar