O‘zbekiston U-21 terma jamoasi Xitoyga etib bordi va mashg‘ulotlarga kirishdi (FOTO)

  • 3 sentabr, 2018, 12:15
  • 0
  • Futbol
Xabaringi bor Sunnatilla Abdurasulov O‘zbekiston U-21 terma jamoasi Xitoydagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Xitoyga jo‘nab ketgan terma jamoamiz a’zolari 3 sentyabr kuni dastlabki mashg‘luotlarni o‘tkazishdi.Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
 
Ta’kidlash kerakki, Toshkent shahridagi “Chig‘atoy” sport bazasidagi yig‘in nihoyasiga etgach, musobaqada ishtirok etadigan futbolchilarni tanlab olgan edi. Xitoyning Kunmin shahrida bo‘lib o‘tadigan musobaqadagi dastlabki o‘yinni terma jamoamiz 4 sentyabr kuni Tojikiston U-21 terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Eslatib o‘tamiz musobaqada O‘zbekiston, Tojikiston, Myanma va Xitoy davlatlarining U-21 terma jamoalari ishtirok etishmoqda.

Xitoyga terma jamoamiz quyidagi tarkib bilan jo‘nab ketgan:
 
1. Ilxomjon Alijonov
2. Abdulla Abdullaev
3. Xusniddin Aliqulov
4. Umidjon Ergashev
5. Xusniddin G‘ofurov
6. Sanjar Qodirqulov
7. Abubakr Muydinov
8. Suhrob Nurilloev
9. Oybek Rustamov
10. Rasul Yo‘ldoshev
11. Nurillo To‘xtasinov
12. Umidjon Hamroev
13. Islom Rashidxonov
14. Farrux Ikromov
15. Abrorbek Ismoilov
16. Sherzod Nasrullaev
17. Jahongirbek Abdusalomov
18. Xudoyorxon Sa’dullaev
19. Shohruh Mahmudhojiev
20. Avazbek O‘lmasaliev

Ushbu xalqaro musobaqa terma jamoamiz vakillari uchun navbatdagi Osiyo chempionatining saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Quyida futbolchilarimizning Xitoydagi mashg‘ulot jarayonlaridan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.








Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!