Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

O‘zbekiston terma jamoasi Gongkonga mag‘lub bo‘ldi

Izohlar: 0

Yaxshi bilasiz, ayni kunlarda tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi norasmiy jahon chempionati sanalmish Federatsiyalar Kubogi turniri davom etmoqda.

Bugun Iroda To‘laganova boshqaruvidagi tennis bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi gongkonglik qizlarga qarshi bahs yuritishdi.

Ilk o‘yinda Oqgul Omonmurodova Chong Vongni 6:2, 6:4 hisobida mag‘lub etib, termamizni hisobda oldinga olib chiqqan edi.

Ikkinchi o‘yinda O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sabina Sharipova Chjan Linga 4:6, 1:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.

Juftlik bahslarida esa Oqgul Omonmurodova/Nigina Abduraimova dueti Chong/Ip duetiga qarshi kortga chiqdi. Ushbu o‘yinning ilk setini tay brekdagi g‘alaba orqali o‘z foydasiga xal etgan tennischilarimiz keyingi ikki setlarda bir xildan – 3:6 hisoblarida mag‘lub bo‘lishdi va yakuniya natija – 1:2.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q