O‘zbekistonlik engil atletikachilarga Tokio olimpiadasida medal qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yildi

BEPUL PROPAN

Bugun engil atletika federatsiyasi vakillari bilan birga sportchilarni Tokio Olimpiadasiga tayyorlash masalasi muhokama etildi. Uchrashuvda Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov boshchiligidagi ishchi guruh hamda O‘zbekiston engil atletika federatsiyasi mutasaddilari, murabbiylari ishtirok etishdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston engil atletika federatsiyasi raisi Andrey Abduvaliev Tokio Olimpiadasiga atab ishlab chiqilgan strategiya bilan tanishtirdi. Oldinda turgan rejalar bilan o‘rtoqlashdi, federatsiyaning bu boradagi maqsadini aniq qilib tushuntirib berdi.

O‘z navbatida Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan engil atletikachilarimizga Olimpiya o‘yinlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish, Tokioda shohsupadan o‘rin egallash vazifasi qo‘yildi. Bu borada tegishli tavsiyalar berildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!