PSJ qishda "Borussiya" Dortmund etakchilaridan birini sotib olmoqchi

  • 01.11.2018 12:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi "Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Jeydon Sanchoga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra parijliklar skautlari 18 yoshli angliyalik futbolchining o‘yinlarini ko‘pdan buyon kuzatib kelishmoqda. Frantsiya chempioni esa yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq Sancho borasida dortmundliklarga taklif bilan chiqishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Sanjo “Borussiya” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum Bundesligada jami 9ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!