"Paxtakor" futbol klubining prezidenti o‘zgardi

  • 12 may, 2017, 16:29
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

 

"Paxtakor" futbol klubi rahbariyatida o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bugun "Paxtakor" futbol klubida rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi, deb ma’lum qilmoqda "Paxtakor" matbuot xizmati. 

Klub Vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib borgan Shodiev Bobur Kabulovich klub Prezidenti etib tayinlandi. Klub bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Ahmatdjonov Umid Mahamatdjanovich klub vitse-prezidenti lavozimini egalladi. "Paxtakor" klubi bosh direktori etib Adisman Dmitriy Aleksandrovich tayinlandi.

Bungacha klub Prezidenti sifatida faoliyat yuritgan Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov endilikda "Paxtakor" klubi faxriy Prezidenti xisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!