Payet Xitoy klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 9 yanvar, 2019, 13:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Marsel" klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Dimitri Payet faoliyatini Xitoy Superligasida davom etirishi mumkin.

France Football tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli futbololchi "Dalyan Ifan" klubi qiziqishlar doirasiga kirib qolgan. Xitoyliklar uning uchun “Marsel”ga 25-30 million evro atrofida mablag‘ to‘lashga tayyor.

Ma’lumot uchun, Payet joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 17ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!