Pentek yana gol urdi va to‘purarlik poygasida Ronaldudan o‘zib ketdi

  • 26 noyabr, 2018, 10:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Jenoa” klubi forvardi Kshishtof Pentek kecha A Seriyaning 13-turida “Sampdoriya”ga (1:1) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda o‘zining navbatdagi golini kiritdi.

Polshalik futbolchi uchrashuvning 17-daqiqasida raqib darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. Bu esa 23 yoshli hujumchining joriy mavsum chempionatdagi 10-goli bo‘ldi.

Shu tariqa Pentek to‘purarlik poygasida “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronalduni (9) yana ortda qoldirdi va peshqadamga aylanib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Pentekka ayni damda "Chelsi", "Bavariya" va "Barselona" kabi grandlardan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!