Pirloning xayrlashuv uchrashuvida 7:7 hisobi qayd etildi

  • 22 may, 2018, 08:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Milan» va «Yuventus» klubi hamda Italiya terma jamoasi afsonasi Andrea Pirlo kecha o‘zining xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.

Milandagi mashxur “San Siro” stadionida Pirloning terma jamoa va klublardagi sobiq jamoadoshlaridan tashkil topgan “Oq yulduzlar” va “Ko‘k yulduzlar” jamoalari o‘zaro to‘p surishdi. Uchrashuv 7:7 hisobida yakunlandi.

Qayd etish lozimki shu kuni “oqlar”ga Antonio Konte va Karlo Anchelotti ustozlik qilgan bo‘lsa, “ko‘klar”ni Roberto Donadoni, Mauro Tassotti va Massimiliano Allegrilar murabbiy sifatida boshlab tushishdi.

“Oq yulduzlar” – “Ko‘k yulduzlar” – 7:7 (3:5)

Gollar: 0:1 – Shevchenko (1), 0:2 – Kualyarella (6), 1:2 – Pato (13), 1:3 – Kassano (29), 2:3 – Veri (32), 2:4 – Kafu (35), 3:4 – Pato (41), 3:5 – Zeedorf (45), 3:6 – Brokki (47), 3:7 – Luka Toni (71), 4:7 – Indzagi (75), 5:7- Matri (78), 6:7 – Indzagi (79), 7:7 – Indzagi (84).

“Oq yulduzlar”: DidaAbyatti, Bonuchchi, Kellini, Dzanetti, Kostakurta, Favalli, Dzambrotta, Yankulovski, Maldini, Oddo, Nesta, Shimich, Baronio, Kamoranezi, Gattuzo, Leonardo, Lempard, Pirlo, Ruy Koshta, Pepe, Pirlo, Verratti, Vidal, Badjo, Di Natale, Yakvinta, Filippo Indzagi, Matri, Totti, Pato, Veri, Del Pero.

“Ko‘k yulduzlar”: Buffon, Storari, Adani, Bardzali, Kafu, Bonera, Diana, Ferrara, Kaladze, Materatstsi, Serjino, Pirlo, Brokki, Diamanti, De Rossi, Markizio, Perotta, Zeedorf, Albertini, Ambrozini, Borrello, Ronaldino, Teves, Luka Toni, Ventola, Kassano, Shevchenko, Kualyarella.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!