
Pochettino: 6:2 hisobidagi g‘alabani rafiqamga bag‘ishlayman
"Men o‘yindan juda ham katta qoniqish hosil qildim. Hafta o‘rtasida "Arsenal"ga qarshi qiyin uchrashuv o‘tkazgan bo‘lsakda, jamoam bugun tetik ko‘rindi. "Tottenxem" ajoyib o‘yin namoyish etdi. Bu shunchaki fantastika. Jamoa shunday kurash olib borsa, fahrlanadi kishi.
Chempionlik poygasida qolamizmi? Bu mavsum "Liverpul" va "Manchester Siti" APLda g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlardan. Bizda ham yaxshi imkoniyat mavjud. Ammo hali oldinda ko‘plab uchrashuvlar kutib turibdi va shunday ekan, bu haqla gapirishga hali erta.
Nima bo‘lganda ham 6:2 hisobidagi g‘alaba - rafiqam uchun sovg‘a. Biz rosa 26 yil oldin turmush qurgan edik. Bugungi muvaffaqiyat yaxshi sovg‘a bo‘ladi", - dedi argentinalik mutaxassis.
Fikrlar