Pochettino "Tottenxem" nega yangi futbolchi sotib olmaganini aytdi

  • 10 avgust, 2018, 15:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino “shporlar” nima sababdan mavsumlar oralig‘ida birorta ham yangi futblchi sotib olishmaganini izohladi.

“Eng zo‘r futbolchilarni va jamoani saqlab qolish bu bizning qarorimiz edi. Bu jasoratli qaror bo‘ldi. Klub bu bilan o‘zining naqadar jasur ekanligini ko‘rsatdi. Yangi baza yaratish bu ulkan xarajat talab etadi. Yangi stadion qurilishiga deyarli milliard funt mablag‘ ketdi. Albatta, hamma nega “Tottenxem” yangi futbolchi sotib olmadi deyishi mumkin. Lekin, nega endi yangi futbolchi sotib olish uchun eskisini sotishimiz kerak? Yaxshisi o‘zimizning eng zo‘r futbolchilarni saqlab qolishdir”, - deydi Pochettino.

Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” 2003 yildan buyon ilk marta yozgi transferlar davrida yangi futbolchi sotib olmagan APL klubiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!