«Qirol Artur»ga atalgan tomosha
«Kamp Nou»da bo‘lib o‘tgan Chempionlar Ligasining 3-turida mezbonlar “Inter”ni 2-0 hisobida mag‘lub etdi.
Ushbu g‘alaba kataloniyaliklarga «B» guruhida yakka peshqadamlikni qo‘lga kiritishlariga imkon berdi. Ularning hisobida 100 % lik natija – 9 ochko bor. Biroq kechagi uchrashuvdan ba’zi xulosalarni chiqarishimiz mumkin. Yozda klub haridor topishga qiynalgan Rafinya hujumda Malkom va Dembelelardan yaxshiroq variant deb topildi va ilk daqiqalardanoq maydonda harakat qildi. Xo‘sh, ushbu uchrashuvning g‘olib va mag‘lublari kim?
G‘olib: Luis Suares
Leo Messi jarohat olganidan keyin Luis Suares o‘z-o‘zidan kataloniyaliklar hujumining asosiy quroliga aylandi. To‘satdan uning beqarorligi ham yo‘qolib yuqori sport formasini namoyish qila boshladi.
Urugvaylik hujumchi rostdan ham «neradzurrilar»ga qarshi sensatsion o‘yinini ko‘rsatdi. Bosim uyushtirish, golli uzatmalar, shoshilish, hamma-hammasi.
«Barselona»ning birinchi goli aynan janubiy amerikalik hujumchining sehrli uzatmasidan keyin urildi. Rafinyada bunday mohirona uzatmani golga aylantirmaslik uchun boshqa variant ham yo‘q edi.
Mag‘lub: Usmon Dembele
Ernesto Valverde raqiblarning qarshi hujumlarini oldini olish maqsadida 4-4-1-1 o‘yin sxemasiga o‘tishi tufayli asosiy tarkibdan Dembele tushib qoldi. Biroq bunday sxema Messi uchun ishlab chiqilgan edi.
Messining «Sevilya»ga qarshi uchrashuvdan olgan jarohati sabab safdan chiqqani qolganlar uchun asosiy tarkib uchun katta eshiklarni ochib berdi.
Shunga qaramay hujum chizig‘ida yangi vakil Malkom bilan birga jamoaning kelajagi deb atalayotgan Dembelega joy topilmadi. Unga hatto zaxiradan tushish baxti ham nasib etmadi.
G‘olib: Rafinya
«Ko‘k-anorranglilar» butun yoz davomida Rafinyani sotish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Biroq barchasi birgina sabab tufayli zoe ketdi. Hech kim uni sotib olishni istamadi. Rafinya yaxshi futbolchi bo‘lishi mumkin, biroq «Barselona»da emas.
Valverdening Dembele va Malkomlarni o‘rniga aynan Rafinyani tushirish qarori kutilmagan bo‘ldi. Futbolchi hatto o‘yinni yuqori tarzda ham o‘tkazgani yo‘q.
Biroq uning Suares bilan hamkorlikda urgan goli barchasini qoplab ketdi. Uning goli jamoaga ustunlik bag‘ishladi.
U Dembele yoki Malkomlardek daho bo‘lmasligi mumkin, biroq undagi barqarorlik Valverdega yoqqan bo‘lsa ajabmas.
G‘olib: Serxio Buskets
Dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi ancha vaqt Lionel Messining soyasida qolib ketdi. Biroq kechagi uchrashuv bundan mustasno. Buskets yarim himoyada Artur bilan kuchli hamkorlini o‘rnatdi. Kataloniyalik futbolchi jamoasini sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. U maydonning har bir qarichida harakat qildi. Bu biz bilgan o‘sha ajoyib Buskets edi.
G‘olib: Artur
Xavining «Barselona»dan ketganiga ham mana uch yil to‘ldi. Dunyoning eng kuchli yarim himoyachisi bo‘lgan Xaviga ham besh yildan oshdi. «Barselona» unga o‘rinbosar sifatida Tyago Alkantarani tanlagandi. Biroq u Xavi vaqtida o‘yin amaliyoti kamligini bahona qilib «Bavariya»ga ketib qolgandi.
Endi esa sahnaga Artur chiqdi. Bir vaqtlar faqatgina Braziliya yarim himoyadagi eng kuchli futbolchilarni etishtirib chiqarardi. Artur buni qayta boshlab bersa kerak. U «Barselona»ga kelganiga endigina to‘rt oy bo‘ldi. Ammo u 14 yildan beri shu klubda o‘ynayotgandek taassurot uyg‘otmoqda.
Artur Xaviga munosib voris bo‘lishi mumkin. «Uembli»da ajoyib o‘yinini o‘tkazgandi. Kecha «Kamp Nou»da esa muhim uchrashuvini o‘tkazdi. To‘pga egalik qilish, o‘yin ritmiga ta’sir qilish kabi sifatlar unda borgan sari shakllanib bormoqda. Valverde uni uchrashuv yakunlaniliga oz vaqt qolganida zaxiraga olish qarori muxlislar tomonidan hushtakbozlik bilan qabul qilindi.
Arturo Vidalni «Qirol Artur» deyishardi. Biroq kechagi o‘yindan keyin chililik futbolchi «Gremio»dan kelgan bolakayga bu maqomni qo‘shqo‘llab topshirdi. Endi «Kamp Nou»da yangi «Firavn», «Sulton» va «Qirol Artur» bor.

Izohlar (0)