
«Qirollar jangi»dan chiqarilgan besh xulosa
Basklik mehmonlar o‘yin startidan to oxirigacha hukmronlik o‘rnatishdi va o‘yin davomida «qirollik klubi»ning o‘yin nazoratini ushlashga bo‘lgan niyati umuman ko‘rinmadi. Xo‘sh, uchrashuvdan qanday xulosalar chiqardik?
- «Bernabeu»ning «shahzodasi»
«Real» bir yil avval Vinisius Juniorni katta pullar evaziga sotib oldi. Asosiy jamoada birorta o‘yinda ham maydonga tushmagan o‘spirin uchun rekord darajadagi transfer bo‘ldi. Uning qo‘shib olinishi «qaymoqranglilar» Neymar vaziyatini takrorlamaslik uchun amalga oshirishdi. «Qaymoqranglilar» braziliyalik superyulduzni «Barselona»ga berib qo‘ygandi, bu safar yangisini ham topshirib qo‘ymaslik uchun jon-jahdi bilan harakat qildi. Ammo hech kim yosh iste’dod vakilining «Flamengo»ning asosiy tarkibi uchun nima taklif qila olishini bilmasdi.
U o‘tgan yozda Ispaniyaga ko‘chib o‘tdi va sekinlik bilan moslasha boshladi. Kechagi o‘yinda tarkibdagi jarohatlar sabab Santyago Solari unga chap qanot vingeri vazifasini ishonib topshirdi. U madridliklar hujum uchligining etakchisi bo‘lishiga umid qilishgandi.
Biroq bu rejalar qog‘ozda edi. O‘yindan keyingi natija jamoa o‘z uyida mehmonlarga taslim bo‘lganini ko‘rsatdi. Biroq uning individual o‘yini ajoyib chiqdi. Chempionlar Ligasi va KO‘JCh ning amaldagi chempionlari sinalmagan yigitchani o‘zlarining etakchisi sifatida ko‘rishni istashdi.
Vinisius bu ishni bajarishga qodirligini ko‘rsatdi. U «Real Sosedad» himoyasini yorib kirishga yo‘l topa oldi. Jamoadoshlari bilan yaxshi hamkorlik o‘rnatdi, raqib darvozabonini ajoyib seyvlar qilishiga sababchi bo‘ldi. Klubda sodir bo‘lgan yirik o‘zgarishlardan keyin aftidan «Santyago Bernabeu» o‘ziga «yangi (bolakay) Qirol» topdi!
- «Reallar»ning xavfli va xavfsiz hujumlari
Hamma «Real Madrid» ayni vaqtda o‘z sport formasida emasligini juda yaxshi biladi. Ammo e’tiborli tomoni «Real Sosedad» ham raqibidan yaxshiroq ekanligini ko‘rsatdi. Imanol Algasilning birinchi o‘yinida shogirdlari madridliklar himoyasini parchalab tashladi.
Dunyoning eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi Kazemiro o‘z majburiyatlarini bajarishda qiynaldi. Braziliyalik futbolchi jamoasining har bir hujumini o‘z jarima maydonchasidan boshlashiga to‘g‘ri keldi. Ammo nega hisob 0-2? Boisi David Surutusa, Adnan Yanuzay, Mikel Oyarsabal va qolganlar xavfli vaziyatlardan unumli foydalana olmadi.
- Marseloning reytingi pastlashda davom etmoqda
Marselo doim yomon himoyachi bo‘lgan. Uning himoyadagi qiyinchiligi yangilik emas. U ajoyib sport formasida bo‘lganida ham hujumkorligi tufayli bo‘lgan. Himoyadagi muammolarini hujumdagi koeffitsienti «yopib ketgan».
Orqadan turib hujumlarni boshlash Marseloning eng katta yutug‘i bo‘ladi. U Luka Modrich kabi bu jabhada muhim futbolchi bo‘ladi.
Hozirda u buni qila olmayapti, qilganda ham barqaror emas. U to‘pni xavfli zonaga oshirmoqda. Yo‘l qo‘yilgan xato esa qimmatga tushmoqda. Uning hujumdagi samarasini hisobga olmaganda u oddiy himoyachiga aylanib qolmoqda.
- Villian Joze – etishmayotgan futbolchimi?
Yozda jahon saviyasidagi top hujumchi Krishtianu Ronalduning o‘rniga munosib o‘rinbosar topa olmaganida Xulen Lopetegi Villian Jozeni muqobil variant sifatida ko‘rgandi. Villian jahon saviyasidagi hujumchi bo‘lishdan ancha yiroq. Biroq u sinalgan to‘purar hisoblanadi. «Real»ga etishmayotgan gollarni u ham to‘ldira olardi. U nazorat qilinadigan tizimda, qarshi hujumda va eng muhimi katta o‘yinlarda o‘zini ko‘rsata oladi.
«Qaymoqranglilar» nega uni rad qilganini hech kim bilmaydi. Kechagi o‘yinda «Real»ning taslim qilinishida orkestrga aynan Villian bosh-qosh bo‘ldi. Karim Benzema yaqin masofadan gol urishda qiynalib yurgan bir paytda Villian Joze jamoasiga foydali harakatlari bilan g‘alaba keltirdi.
Ikki mavsumda 27 gol urgan Villian «Real Madrid»ga o‘tganida nimalar ro‘y berishi mumkin edi?
- «Real»da jiddiy muammolar bor
Bu qaerdan boshlangandi o‘zi? To‘g‘ri, jamoani etaklab yuradigan superyulduz tarkibda yo‘q. Beyl madridliklarning yangi sardori bo‘lishga qiziqmayotgan ko‘rinadi. U ko‘proq shifokorlar ko‘rigida bo‘lishni ma’qul ko‘rmoqda. Iskoning sport formasi ham yaxshi emas. Modrich, Kroos va Kazemirolarning o‘z o‘yinlarini yo‘qotib qo‘ygani ham qimmatga tushmoqda. Varan va Ramoslar ham himoyada oldingidek emas. Barqarorlik yo‘qolgan. Qolganlarda ham etarlicha sabablar bor. Solari ularni buzib yubordimi? Klubdagi xaosning jumbog‘ini echish nafaqat «Real»ni, balki boshqalarni ham qiziqtirib qo‘ygan.
Fikrlar